Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (IBFJMS)

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (IBFJMS)

Xodimning mehnat vazifalarini bajarishda uning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatining paydo bo'lishi.

Narxini bilib oling
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (IBFJMS)

Agar xodim o'z mehnat vazifalarini bajarishda sog'iga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati tug'ilsa, Aria yordamga keladi.

Kerakli narsani sug'urta qiling:

Javobgarlikni sug'urta qilishga majburlovchi «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni; O‘zR PKM 24.06.2009 y. 177-son

Bu — muhim

–  Sug'urta summasi ish beruvchining ish haqi fondiga (ish haqiga) tengdir.

–  Sug'urta mukofoti ish beruvchining faoliyatiga mos keladigan va farmonda ko'rsatilgan asosiy fond koeffitsientini (0,1) ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi.

–  Sug'urta qoplamasi yetkazilgan zarar miqdorida sug'urta summasi doirasida to'lanadi. Zarar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi (Fuqarolik Kodeksi, Mehnat kodeksi, O'zR VMQ 11.02.2005 y. 60-son va boshqalar).

–  Zarar qoplanishi misoli: xodim konda og'ir sharoitda ishlayotganda olgan kasalligi tufayli vafot etdi. Qonunga ko'ra, uning vorislari oxirgi 12 oylik daromadlar to'g'risidagi hisobot asosida hisoblangan 6 yillik o'rtacha ish haqini olishi kerak. Misol uchun, xodim o’rtacha ish haqi — 10 million so'm, ushbu holda xodim vorislariga 720 million so'm to'lanadi. Bundan tashqari, agar unga qaram bo'lgan bolalar bo’lsa, ular balog'at yoshiga yetgunga qadar har oylik to'lovlarni olish huquqiga ega. Bu xarajatlarning barchasi sug'urta hisobidan qoplanadi.

Sizning biznesingiz uchun shaxsiy maslahat va shaxsiy narxni oling